Voyangan qal’a
Voyangan qal’a — Shovot tumanidagi Manoq qishlogʻidagi Xorazm fermer xoʻjaligidagi hududida joylashgan (Sobirov, 63-64 betlar). Rejalashtirilishi jihatdan toʻgʻriburchak shaklida, yer sathidan 2–3 m balandlikka qurilgan. Uning hajmi 280x360 m. Yodgorlikning ichki tuzilishi jihatidan ikki qismga ajratilganligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Qadimda devor bilan oʻrab olingan boʻlib, uning saqlanib qolishi turlicha 2–6 m. Ayniqsa janubiy qismda yaxshi saqlanib qolgan devor va yarim aylanali burjlar qoldigʻi koʻzga tashlanadi. Burchakda yarim aylanali burjlar mavjud. Devor avval, paxsadan, keyin, toʻrt tamoni teng xomgʻishtdan qurilgan (40x41x9-11 sm). SHarqiy tamonda yodgorlikning ikkinchi qismi joylashgan, uning hajmi 320x220 m. SHaharning gʻarbiy tamoni 10 ga tashkil etgan. Yodgorlikning gʻarbiy qismidagi devorni kesish ishlari olib borildi, natijada ikki qurilish davri aniqlangan: 1- qurilish davri devor paxsadan qurilgan, balandligi 2,94 m, yoʻlak kengligi 2,5 m, devor qalinligi 4, 5. M. 2 — qurilish davri paxsadevor ustiga xomgʻishtli kvadrat shaklda devor qurilgan (40x40x10). Milodiy V-IX asrlarda mudofaa devorining yuqori qismi, yaʼni uchinchi qurilish davrida paxsadevor qurilgan. Antik davrdagi yoʻlak paxsadevor bilan toʻldirilgan. Bu davrda paxsadevor balandligi 1 m. qalinligi esa 4 m. Mudofaa devorga tashqi va ichki tamonidan qoʻshimcha devor qurilmagan. Bunday holatni devor burjida ham kuzatish mumkin. Ilk oʻrta asrlarda yodgorlikning gʻarbiy va sharqiy qismlarida madaniy hayot davom etgan. SHahar hududi sharqiy tamon kengayib, IX-X asrlarga kelib umumiy maydoni 17 ga boʻlgan. Oʻrta asrlar maʼlumotlariga asoslanib, Ya. Gʻulomov Ardaxushmiton Ambarmanoq yonidagi Rait (Voyangon) shahri xarobalarining oʻzginasidir deb taʼkidlagan (Gʻulomov, 151-bet).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻulomov Ya. Gʻ. Xorzmning sugʻorilish tarixi. Toshkent, 1957.
- Sobirov Q. S. Xorazmning qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari. Toshkent, 2009.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |